Turk Qizil yarim oy jamiyatining Yamanga  oziq-ovqat yordami

Turk Qizil Yarim oy jamiyati uzoq yillardan beri ichki urush davom etayotgan Yamanda Ramazon oyi yordami doirasida muhtoj 1000 oilaga oziq-ovqat paketlari tarqatdi.

1809467
Turk Qizil yarim oy jamiyatining Yamanga  oziq-ovqat yordami

Turk Qizil Yarim oy jamiyati uzoq yillardan beri ichki urush davom etayotgan Yamanda Ramazon oyi yordami doirasida muhtoj 1000 oilaga oziq-ovqat paketlari tarqatdi.

Turk Qizil yarim oy jamiyatining mamlakatdagi xodimlaridan Muhammed ed-Dakam, Hadramaut va Lahich viloyatlarining har birida muhtoj va yetim oilalarga 500 donadan oziq-ovqat paketi tarqatganliklarini aytdi.ning mamlakatdagi xodimlaridan Muhammed ed-Dakam, Hadramaut va Lahich viloyatlarining har birida muhtoj va yetim oilalarga 500 donadan oziq-ovqat paketi tarqatganliklarini aytdi.

Dakam, Ramazon yordamlari doirasida Yamandagi muhtoj oilalar, yetimlar va qochqinlarga 5 ming oziq-ovqat paketi tarqatilishini bildirdi.

Yordamning Aden, Lahij, Ebyen, Hadramaut, Taiz va Dali shaharlarida tarqatilishini bildirgan Dakam, bu sa'y-harakatlarning Ramazon oyi davomida davom etishini bildirdi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati Yamanning turli mintaqalaridagi muhtojlarga oziq-ovqat va kiyim-kechak, shifoxonalarga dori-darmon va tibbiy buyumlar yetkazib bermoqda.

Yamanda yillar davomida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda taxminan 377 ming kishi halok bo‘ldi. Dunyoning eng qashshoq davlatlari qatoridan joy olgan Yamandagi fuqarolar urushi tufayli kuchaygan gumanitar inqiroz dahshatli miqyosga yetdi.

 

 



Aloqador xabarlar