Türkiye Vengriyaga hamdardlik bildirdi

Kecha ertalab Vengriyada poyezd halokati yuz berdi.

1807788
Türkiye Vengriyaga hamdardlik bildirdi

Türkiye Vengriyadagi poyezd halokatida jon berganlar uchun hamdardlik bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Vengriyadagi poyezd halokati bilan bog‘liq bergan bayonotda, quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Bugun (5-aprel) ertalab Vengriyaning janubi-sharqidagi Mindszent shahrida ro‘y bergan poyezd halokatida jon berganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz. Do‘st Vengriya hukumati va xalqiga hamdardlik bildiramiz”.

Vengriya Milliy tez yordam xizmati matbuot kotibi Pal Derfi, Mindszentda, piyoda yurishga mo‘ljallangan yo‘l bilan temiryo‘li kesishmasida bir poyezdning mikroavtobusga borib urilishi oqibatida 5 kishining jon bergani va 13 kishining tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #poyezd halokati , #Mindszent

Aloqador xabarlar