Ayvalik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada noqonuniy 30 muhojir qutqarildi

Ayvalik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, grek unsurlari tomonidan yo‘ldan qaytarilgan noqonuniy 30 muhojir qutqarildi.

1808180
Ayvalik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada noqonuniy 30 muhojir qutqarildi

Türkiyening Balikesir viloyatiga qarashli Ayvalik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, grek unsurlari tomonidan turk hududiy suvlariga itarib yuborilgan noqonuniy 30 muhojir quruqlikka olib chiqildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tuman qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi qayiqda noqonuniy muhojirlarning borligi aniqlangan. Ortidan esa Sohil xavfsizlikning Shimoliy Egey guruh qo‘mondonligi xodimlari chora ko‘rishga o‘tgan.

Natijada, xodimlar qayiqdagi 30 nafar noqonuniy muhojirni qutqargan.

Junda orolida oziq-ovqat, ichimlik, dori-darmon va tibbiy ashyo jihatidan yordam ko‘rsatilgan noqonuniy muhojirlarning Balikesirdagi Migratsiya idorasiga yuborilgani ma’lum bo‘ldi.



Aloqador xabarlar