TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1806550
TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 nafar terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Maxsus topshiriqli qahramon askarlarimiz Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan hududga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terroristni yo‘q qildi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Boshqa tomondan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va matbuot xizmati voizi Ismail Chatakli, oylik matbuot brifingida bergan bayonotida, (mamlakatda terrorga qarshi uyushtirilgan terror amaliyotlari doirasida) mart oyida 80 nafar terroristning zararsizlashtirilganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha ularning 76 nafari tiriklayin qo‘lga tushirilar ekan, 4 nafari o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan.

Chatakli, zararsizlashtirilgan terroristlardan 53 nafarining PKK/KCK terror tashkiloti a’zosi ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar