Altun: “Qardoshlik tuyg‘ulari, do‘stona aloqalar madaniy zaminga ega”.

Faxrettin Altun O‘zbekistonda nashr etiladigan “Xalq so‘zi” gazetasi uchun maqola yozdi.

1804923
Altun: “Qardoshlik tuyg‘ulari, do‘stona aloqalar madaniy zaminga ega”.
Altun ÖZB gazete-3.jpg
Altun ÖZB gazete-4.jpg
Altun ÖZB gazete-5.jpg
Altun ÖZB gazete-6.jpg
Altun ÖZB gazete-7.jpg

So‘nggi yillarda Türkiye va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Mustahkam robitalar esa kelajagimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Bilamiz, jahon siyosati noaniqlik davriga kirib borayotgan bir paytda, har bir mamlakat ko‘proq do‘stlarga ehtiyoj sezadi. Biz O‘zbekistonni Türkiyening asosisy do‘stlaridan biri deb hisoblaymiz.

Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Türkiye va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mustahkam zaminda yanada sof, yanada kuchli munosabatlar barpo etishni maqsad qilganliklarini bildirdi.

Altun O‘zbekistonda nashr etiladigan “Xalq so‘zi” gazetasi uchun maqola yozdi.

Unda, oxirgi yillardagi Türkiye bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning jadal tusda rivojlanayotganiga e’tibor qaratgan Altun, O‘zbekistonni Türkiyening eng asosiy do‘stlaridan biri sifatida ko‘rganliklarini qayd etdi.

O‘zbekiston bilan Türkiye o‘rtasida umumiy madaniy zaminda mustahkam madaniy aloqalar o‘rnatishning, do‘stona munosabatlar barpo etishning eng qulay va kafolatli yo‘li ekanini ifoda etgan Altun, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatlarga alohida ahamiyat berishini va Türkiyening bu yo‘lda har qanday hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

Har bir davlatning haqiqiy do‘stlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan Altun,

“Türkiye bilan O‘zbekiston shunday davrda bir-biriga ishona oladigan ikki davlatdir. Markaziy Osiyoda barqarorlik timsoli sifatida namoyon bo‘layotgan O‘zbekiston, Türkiye uchun ishonchli do‘st va qardosh davlatdir. O‘zbekistonning siyosiy barqarorligi, suvereniteti va xavfsizligini Türkiyeniki kabi qadrlaymiz. Biz o‘zbek birodarlarimiz bilan doimo do‘stona munosabatda bo‘lishni xohlaymiz”.-dedi.

Türkiye va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam zaminda yanada sof, yanada kuchli munosabatlar barpo etishni maqsad qilganliklarini bildirgan Altun,

“Buning uchun, birinchi navbatda, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot va oʻzaro munosabat eshiklarini yanada kengroq ochish kerak. Oʻzbekistonning ovozi Türkiyedan, Türkiye ovozi esa Oʻzbekistondan hech qanday vositachilarsiz eshitilishi kerak. Bizning muloqotimiz davlatlararo munosabatlardan ham koʻra koʻproq jamiyatlararo munosabatlar shakliga asoslanishi kerak”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar