Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon sharafiga prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi. Tantanali marosimda faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Niderlandiya davlat madhiyalari yangradi.

1800234
Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte Turkiyaga tashrif buyurdi
rutte-erdogan.jpg
rutte anitkabir.jpg
rutte-erdogan1.jpg

 

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan kecha, 22-mart kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

Tantanali marosimda faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Niderlandiya davlat madhiyalari yangradi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Ikki davlat delegatsiyalari taqdimotidan so’ng, Erdog’an va Mark Rutte tor doiradagi o'zaro uchrashuvni amalga oshirdi.

Ta'kidlash joizki, Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte rasmiy tashrif doirasida avvalo poytaxt Anqara shahridagi Otaturk qabri joylashgan Anitkabir majmuasiga tashrif buyurdi. U Anitkabir maxsus xotira daftariga o'z dil izxorini yozib imzo chekdi.

Erdo'g'an va Rutte o'zaro va delegatsiyalararo uchrashuvlardan so'ng qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

Prezident huzuridagi Axborot va telekommunikatsiya departamenti ma'lum qilishicha, uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Niderlandiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar ko'zdan kechirildi.

Uchrashuvlarda shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar xususan, Ukraina urushi yuzasidan fikr almashildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mark Rutte , #Niderlandiya

Aloqador xabarlar