"1915 Chanoqqal'a ko'prigi" Turkiya prezidenti tomonidan ochilmoqda

Turkiya transport va infratuzilma vazirligining mega loyihalaridan biri bo‘lgan "1915 Chanoqqal'a ko'prigi" bugun, 18-mart kuni Chanoqqal'a dengiz g'alabasining 107 yilligi munosabati bilan mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan ochiladi.

1797414

Xususiyatlari tufayli "ramzlar ko'prigi" sifatida tanilgan 4608 metr uzunlikdagi "1915 Chanoqqal'a ko'prigi" muhandislik detallari bilan ajralib turadigan dunyodagi eng uzun osma ko'prik hisoblanadi. Ushbu ko'priq vositasida Osiyo va Yevropa qit'alari o'rtasidagi masofa 6 daqiqaga qisqartiriladi.

Chanoqqal'a viloyatining Lapseki va Gelibolu tumanlari o'rtasida joylashgan ko'prikning asosiy kabelida dunyoni 4 marta aylanishga yetadigan 162 ming kilometr sim ishlatildi.

Ko'prikning 2,23 metrlik o'rta qismi "Respublikaning 100 yilligini", 318 metrlik po'lat minoralari esa "Chanoqqal'a dengiz g'alabasi" qo'lga kiritilgan 1915 yil 18 martni anglatadi.

Qizil va oq rangli 334 metr uzunlikdagi minoralar esa, Turk bayrog'ini ifodalash bilan birga, loyihaga "dunyoning eng baland osma ko'prigi" unvonini ham beradi.

"Chanoqqal’a bo‘g‘ozining marjoni" deb ta’riflangan loyiha uchun Osiyo tomonidagi Lapseki va Yevropa tomonidagi Gelibolu tumanlaridagi qurilish maydonlarida 559 nafar muhandis, 4062 nafar xodim va 550 ta qurilish mashinasi hamda Transport va infratuzilma vazirligi qoshidagi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutasaddilari ish olib bordi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #1915 Chanoqqal'a ko'prigi

Aloqador xabarlar