Turkiya sog'liqni saqlash vaziri mukofot bilan taqdirlandi

Turkiyaning global xatar - koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashdagi ustun muvaffaqiyati tufayli mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan mukofot bilan taqdirlandi.

1797990
Turkiya sog'liqni saqlash vaziri mukofot bilan taqdirlandi

 

Turkiyaning global xatar - koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashdagi ustun muvaffaqiyati tufayli mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy direktori Xans Kluge tomonidan mukofot bilan taqdirlandi.

Fahriddin Ko'ja Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi va JSST hamkorligida Istanbulda o'tkazilgan anjuman doirasida Xans Kluge bilan uchrashuv o'tkazdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja o'zining Twitter'dagi sahifasida uchrashuv haqida ma'lumot berdi.

“Biz Turkiyaning epidemiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashi uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy direktori Xans Kluge tomonidan taqdim etilgan mukofotni sogʻliqni saqlash hamjamiyati nomidan, migratsiyaning sogʻliqni saqlash sohasidagi taʼsirini kamaytirish muhokama qilingan Yevropa mintaqasi migratsiya va salomatlik anjumanida qabul qilib oldik",- dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #JSST , #Fahriddin Ko'ja

Aloqador xabarlar