Istanbulda migratsiya va salomatlik bo'yicha xalqaro anjuman bo’lib o’tadi

17-18 mart kunlari amalga oshiriladigan xalqaro anjumanda 55 davlatdan ko'plab vakillar, sogʻliqni saqlash vazirlari ishtirok etadi.

1797047
Istanbulda migratsiya va salomatlik bo'yicha xalqaro anjuman bo’lib o’tadi

 

17-18 mart kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropa mintaqasi migratsiya va salomatlik bo'yicha xalqaro anjuman bo’lib o’tadi.

Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur anjumanda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasidan mas'ul direktori Xans Kluge, Yevropa Ittifoqi komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Schinas va Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja, shuningdek, ko'plab mamlakatlardan sog'liqni saqlash vazirlari va vazir o'rinbosarlari ishtirok etmoqda. 

Anjumanda 55 ta davlatdan vakillar o'rin olgan, jumladan Bosniya-Gertsegovina, San-Marino, Litva, Serbiya, Bolgariya, Tunis, Moldova, Livan, Ruminiya, Germaniya, Italiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Polsha sog‘liqni saqlash vazirlari, Liviya Bosh vaziri o‘rinbosari, Latviya davlat kotibi, Serbiya va Gruziya sogʻliqni saqlash vazir oʻrinbosarlari ishtirok etmoqda.

Anjumanda JSSTning Yevropa mintaqasidan mas'ul direktori Xans Kluge, Yevropa Ittifoqi komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Shinas va Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja ma'ruza qilishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Turkiya , #migratsiya , #Fahriddin Ko'ja

Aloqador xabarlar