Mavlud Chavusho‘g‘li Antaliyada O'zbekiston TIV rahbari bilan uchrashdi

Vazirlar O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munusabatlarini muhokama qildilar.

1794773
Mavlud Chavusho‘g‘li Antaliyada O'zbekiston TIV rahbari bilan uchrashdi

 

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi.

Turkiya TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi (1992-yil 4 mart) munosabati bilan o‘zaro tabriklar bilan boshlandi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, fan, taʼlim va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munusabatlarini muhokama qildilar.

Turli daraja va shakllardagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi majlisini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo muloqotni kengaytirish, faol iqtisodiy diplomatiyani ilgari surish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.



Aloqador xabarlar