Turkiya va Isroil prezidentlari o'zaro muhosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldi

Erdo'g’an Gerzogning ushbu tarixiy tashrifi Turkiya-Isroil munosabatlarida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi. U shuningdek, Turkiyaning maqsadi Isroil bilan mushtarak siyosiy muloqotni qaytadan jonlantirish ekanini aytdi.

1793035
Turkiya va Isroil prezidentlari o'zaro muhosabatlarni rivojlantirishga kelishib oldi

 

Kecha, 9-mart kuni Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirgan Isroil Prezidenti Isxak Gersog Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Isroila davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar Rajap Tayyip Erdo'g'an va Isxak Gersog faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Marosimdan so'ng, yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi hamda delegatsiyalararo muzokaralar bo'lib o'tdi.

Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Isroil munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar haqida fikr almashildi.

Uchrashuv va muzokaralardan so'ng Turkiya va Isroil yetakchilari hamda delegatsiyalar ishtirokida qo'shma matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda so'zga chiqqan Erdo'g’an, Gerzogning ushbu tarixiy tashrifi Turkiya-Isroil munosabatlarida yangi sahifa ochishiga ishonch bildirdi. U shuningdek, Turkiyaning maqsadi Isroil bilan mushtarak siyosiy muloqotni qaytadan jonlantirish ekanini aytdi.

Turkiyaning Isroil bilan umumiy maqsadi ikki davlat oʻrtasida oʻzaro manfaatdorlik asosida siyosiy muloqotni qayta tiklash ekanligini taʼkidlagan Erdo'gʻan: "Mintaqamizda tinchlik, osoyishtalik va hamjihatlik madaniyatini qayta tiklashga hissa qo‘shish o‘z qo‘limizda",- dedi.

Turkiya-Isroil munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi mintaqa barqarorligi va tinchligi uchun hamda ikki davlat uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Biz Falastin masalasi bo'yicha fikrlarimizni ochiqchasiga o’rtoqlashdik va ikki davlat yechimiga katta ahamiyat berishimizni bildirdik”, dedi.

Uchrashuvda Turkiya Quddusning tarixiy maqomi va Masjid-ul Aqsoning diniy oʻziga xosligi va muqaddasligini saqlashga ahamiyat berishini taʼkidlagan Prezident, “O‘ylaymanki, kelgusi davr ikki tomonlama munosabatlarda mintaqaviy hamkorlik nuqtai nazaridan yangi imkoniyatlar yaratadi”,-dedi.

Erdo'g’an Isroil prezidentiga Isroil bilan energiya va energiya xavfsizligi loyihalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytdi.

"Tashqi ishlar vazirimizning Falastin va Isroilga tashrifi, keyin esa energetika va tabiiy resurslar vazirimizning Isroilga tashrifi men uchun ahamiyatli",- dedi Turkiya prezidenti.

Isroil prezidenti Isxak Gersog ham Isroilning maqsadi ikki davlat va ularning xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish uchun poydevor yaratish ekanini aytdi.

Eslatma: Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal 16-17-fevral kunlari Falastin va Isroilga rasmiy ziyorat amalga oshirgandi.

Turkiya delegatsiyasi Isroil rasmiylari bilan ham uchrashib, mamlakat prezidenti Isxak Gersogning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgandi. 

Isroil tashqi ishlar va energetika vazirlari 11-13-mart kunlari Antaliyadagi diplomatiya forumida ishtirok etish uchun Turkiyaga keladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Isxak Gersog , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar