Bakuda Turkiya vaksinasi TURKOVACning 3-bosqich klinik sinovlari boshlandi

Turkiya Sog'liqni saqlash institutlari (TÜSEB) va Ozarbayjon Baku sog'liqni saqlash markazi o'rtasida TURKOVACning eslatuvchi dozasi 3-bosqich klinik sinovini boshlash maqsadida protokol imzolandi.

1792762
Bakuda Turkiya vaksinasi TURKOVACning 3-bosqich klinik sinovlari boshlandi

 

Ozarbayjonda koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan Turkiya vaksinasi TURKOVACning eslatuvchi dozasi (booster dozasi) 3-bosqich klinik sinovlari boshlandi.

Turkiya Sog'liqni saqlash institutlari (TÜSEB) va Ozarbayjon Baku sog'liqni saqlash markazi o'rtasida TURKOVACning eslatuvchi dozasi 3-bosqich klinik sinovini boshlash maqsadida protokol imzolandi.

Protokolga Turkiya Sog'liqni saqlash institutlari rahbari professor Erhan Akdo'g'an va Baku salomatlik markazi direktori Asiman Hasanov imzo chekdi.

Imzolash marosimidan so'ng bayonot bergan Erhan Akdo'g'an TURKOVACning Turkiyadagi sinov bosqichi yakunlanganini va foydalanishga ruxsat berilganini ta'kidladi.

"Biz ilmiy hamkorlik nuqtai nazaridan ham, mahalliy va milliy vaksinamizni Ozarbayjonda keng qo'llash uchun dastlabki bosqich bo'lgan 3-bosqich klinik sinovi boshlanganiga guvoh bo'lib turibmiz",-dedi u.

Hozirda Ozarbayjonda 4 xil vaksina qo'llanilganini bildirgan Hasanov, "Do'st va qardosh Turkiya o'z vaksinasini ishlab chiqardi va bu vaksinadan unumli foydalanmoqda. Bugun biz Ozarbayjonda TURKOVACning 3-bosqich klinik sinovini boshlayapmiz",-dedi.

Boau Sog'liqni Saqlash Markazi tomonidan o'tkaziladigan eslatma dozasi "Phase-3" tadqiqoti TURKOVAC bo'yicha chet elda o'tkaziladigan birinchi klinik tadqiqot hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #TURKOVAC , #Turkiya , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar