Turkiyada bugundan e’tiboran Covid-19 qarshi ochiq havoda niqob taqish shart emas

Faxrettin Ko‘ja poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan Koronavirus ilmiy qo‘mitasi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

1788727
Turkiyada bugundan e’tiboran Covid-19 qarshi ochiq havoda niqob taqish shart emas

Sog‘likni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing ta’kidlashicha, insonlar bundan buyon yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi ochiq havoda niqob taqishi shart emas.

Faxrettin Ko‘ja poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan Koronavirus ilmiy qo‘mitasi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Turkiyaning pandemiyadan eng kam ziyon ko‘rgan davlatlar qatorida ekanini ta’kidlagan Ko‘ja,

“Turkiya pandemiyaning jiddiyligini birinchilardan bo‘lib tushungan davlatlardan biridir. Bizning butun kurashimiz xuddi shu jiddiylik bilan davom etdi”.-dedi.

“Bundan buyon ochiq havoda niqob kiyishimiz shart emas”.-degan ifodalarga o‘rin bergan Sog‘likni saqlash vaziri, agar yopiq muhitda shamollatish tizimlari yetarli bo‘lsa va masofa qoidalariga rioya qilinayotsa unda niqob taqishning shart emasligini bildirdi.

Faxrettin Ko‘ja shuningdek:

“Niqoblarni hayotimizdan chiqarmayapmiz, kerak bo‘lganida taqish uchun ularni yonimizda olib yuramiz. Keksalarimiz va surunkali kasalliklarga chalinganlar bilan uchrashganimizda esa yonimizda bo‘lishi shart”.-dedi.

Covid-19ga qarshi kurash, vaktsina orqali amalga oshirilishini ta’kidlagan Ko‘ja o‘z so‘zini:

“Masofa qoidalariga amal qilinmagan yopiq joylarda, uchoqlar, avtobuslar, teatrlar, kinoteatrlar, sog‘liqni saqlash muassasalari va maktablarning yopiq joylarida niqoblardan foydalanishni davom ettiramiz”.- degan so‘zlar bilan yakunladi.

 



Aloqador xabarlar