Zelenskiy Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi

"Do‘stim, Prezident Erdo‘g‘an va Turkiya xalqiga kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. Ukraina xalqi buni hech qachon unutmaydi”, deb yozgan Zelenskiy.

1787496
Zelenskiy Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rossiya harbiy kemalarining Qora dengiz bo‘g‘ozlaridan o‘tishini to‘sib qo‘ygani uchun Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga minnatdorlik izhor qildi.

"Do‘stim, Prezident Erdo‘g‘an va Turkiya xalqiga kuchli qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. Rossiya harbiy kemalarining Qora dengiz orqali o‘tishini taqiqlash va Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatish bugungi kunda juda muhim. Ukraina xalqi buni hech qachon unutmaydi.”, deb yozgan Zelenskiy.

Eslatma: Turkiya Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini urush deb atadi. Shuningdek, Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari bo‘yicha Montryo konvensiyasining tegishli qoidalariga amal qiladi.

Konventsiyaning 19-moddasiga ko‘ra, urush paytida Turkiya urushayotgan davlat bo‘lmaganida, urushayotgan mamlakatlarning harbiy kemalari bo‘g‘ozlardan o‘tishi mumkin emas. Ushbu qoidadan bir nechta istisnolar mavjud, masalan, Turkiya o‘zaro yordam shartnomasi bo‘yicha hujum qurboni bo‘lgan davlatga yordam berishga majbur bo‘lsa.

Biroq, urushayotgan harbiy kemalar o‘zlarining asosiy langar portlariga qaytish uchun bo‘g‘ozlardan o‘tishi mumkin.

 



Aloqador xabarlar