Turkiya Afrikadagi do'stlari bilan har tomonlama barqaror strategik aloqalar o'rnatmoqchi

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Turkiyaning Afrikadagi do'stlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy jihatdan barqaror strategik aloqalar o'rnatishni xohlayotganini bildirdi.

1782919
Turkiya Afrikadagi do'stlari bilan har tomonlama barqaror strategik aloqalar o'rnatmoqchi

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Turkiyaning Afrikadagi do'stlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy jihatdan barqaror strategik aloqalar o'rnatishni xohlayotganini bildirdi.

Altun, Senegalning Bes Bi-Le Jour gazetasida “Turkiya-Afrika kelajagini birga quryapmiz” sarlavhali maqola yozdi.

Afrikaning so'nggi yigirma yil ichida turk jamoatchiligida eng ko'p o'rin olgan mintaqalardan biri bo'lganiga diqqat qaratgan Altun, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning har doim qit'a davlatlari bilan aloqalarga alohida ahamiyat berishini va bu nuqtai nazar bilan Turkiyaning hozirgi kunga qadar Afrika davlatlari bilan koʻplab iqtisodiy va siyosiy shartnomalar tuzgan.U imzolaganini aytdi.

Qit'ada turk jamoatchiligi, ish dunyosi va nodavlat tashkilotlar tomonidan ko'plab loyihalar amalga oshirilganiga diqqat qaratgan Altun, Afrika bilan aloqalarda Prezident Erdo'g'anning rafiqasi Emine Erdo'g'anning ham birinchi o'rinda ekanligini, hatto uning ilhomlantirgan Afrika haqida  kitob chop etganini eslatdi.

Altun, Turkiyaning Afrikadagi elchixonalari va muassasalari sonining doimiy ravishda ortib borayotganini, Turk xalqining Afrikaga bo'lgan chuqur qiziqishi davom etayotganini aytdi.

"Bu tadbirlarning barchasi bizning taqdirimiz mushtarak ekanligimizga ishonadigan qit'aning kelajagiga bo'lgan qat'iy sadoqatimiz asosida amalga oshirilmoqda". Deya baholadi.

Altun, Turkiya hukumati, ishbilarmonlar va jamoatchilik qit’aning salohiyati va dinamizmidan xabardor ekanini ta’kidladi.

Altun, dunyoda yuksalib borayotgan bir kuch Turkiyaning boshqa mintaqalar va davlatlar bilan samarali va doimiy sheriklik o'rnatishga ustuvor ahamiyat qaratganini bildirdi.

"Afrikadagi do'stlarimiz bilan ikki tomonlama va mintaqaviy jihatdan barqaror strategik aloqalar o'rnatmoqchimiz. Turkiya barqarorlashtiruvchi kuch sifatida o'z mintaqasida tinchlik va xavfsizlikka hissa qo'shishga doimo tayyor". iboralarni ishlatgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar