Emina Erdo‘g‘an koronavirusni yengil o'tkazmoqda

"Yaxshi tilaklarini yo‘llagan barchaga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Shukrlar bo'lsinki, kasallikni yengil o'tkazyabman, lekin izolyatsiya jarayonim hali yakuniga etmagan. Barcha bemorlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman", dedi Emina Xonim.

1778316
Emina Erdo‘g‘an koronavirusni yengil o'tkazmoqda

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning turmush o'rtog'i, birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an koronavirusni yengil o'tkazganligini, biroq izolyatsiya jarayoni hali yakunlanmaganini ma'lum qildi.

Emina Erdo‘g‘an sog'ligi haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti bilan o‘rtoqlashdi.

"Yaxshi tilaklarini yo‘llagan barchaga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Shukrlar bo'lsinki, kasallikni yengil o'tkazyabman, lekin izolyatsiya jarayonim hali yakuniga etmagan. Barcha bemorlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman", deb yozgan Emina Erdo‘g‘an.

Eslatish joizki, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va rafiqasi Emina Erdo‘g‘an 3-4 fevral kunlari Ukraina Respublikasiga tashrifni amalga oshirgan edi. Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Emina Erdo'g'an 5-fevral kuni koronavirusning omikron shtammini yuqtirib olgani ma'lum bo'lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya , #Emina Erdo'g'an

Aloqador xabarlar