Erdo‘g‘anning koronavirusga topshirgan testi salbiy natija ko‘rsatdi

Koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallangan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on so‘nggi ikki kun davomida test topshirib, natija salbiy holatga o'tganini ma'lum qilgan. Bu haqda davlat rahbarining shifokori Serkan Topalo‘g‘li e'lon qilgan.

1776830
Erdo‘g‘anning koronavirusga topshirgan testi salbiy natija ko‘rsatdi

 

Koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallangan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on so‘nggi ikki kun davomida test topshirib, natija salbiy holatga o'tganini ma'lum qilgan.

Bu haqda kecha, 10-fevral kuni davlat rahbarining shifokori doktor Serkan Topalo‘g‘li e'lon qilgan.

Bundan avval Erdo‘g‘on o‘zi va rafiqasi koronavirusning “omikron” shtammini yuqtirib olgani haqda ma’lum qilgan edi.  Turkiya yetakchisi shuningdek, kasallik yengil ko‘rinishda o‘tayotgani haqida aytgan edi.

"Prezidentning shifokori professor Topalo‘g‘lining ma’lum qilishicha, Erdo‘g‘onning so‘nggi ikki kun davomida topshirgan testlari salbiy natijani ko‘rsatgan", - deb xabar berdi Anadolu axborot agentligi.
Shifokorning aytishicha, Turkiya yetakchisi endi ishga qaytsa bo‘ladi.
"O‘ylashimcha, yaqin orada, hatto ertaga, prezidentimiz o‘zining avvalgi ish dasturiga qaytsa kerak", - deydi Serkan Topalo‘g‘li.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar