Prezident Erdo‘g‘an koronavirusdan sog‘ayib ketdi

“4-5 kunlik kasallikdan so‘ng PZR testlarim salbiy chiqdi. Bunga ko‘p jihatdan vaksina sabab bo‘ldi”, deydi Turkiya rahbari jurnalistlar bilan muloqotda.

1777811
Prezident Erdo‘g‘an koronavirusdan sog‘ayib ketdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an koronavirusga chalinganidan besh kun o‘tib topshirgan PZR testi salbiy natijani qayd etdi. Shunga ko‘ra, Prezident odatiy ish rejimiga qaytdi.

“4-5 kunlik kasallikdan so‘ng PZR testlarim salbiy chiqdi. Bunga ko‘p jihatdan vaksina sabab bo‘ldi”, deydi Turkiya rahbari jurnalistlar bilan muloqotda. 

Erdo‘g‘an koronavirusga qarshi dastlabki ikki emlashni Sinovac bilan amalga oshirganini va kuchaytiruvchi doza sifatida Amerika-Germaniyaning Pfizer - BioNTech vaksinasini tanlaganini ta’kidladi. 

“Ushbu vaksinalar samarasi tufayli men koronavirusdan bemalol va qisqa vaqt ichida omon qoldim”, deya qo‘shimcha qilgan prezident.  

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an o‘zi bilan kasallangan rafiqasi Emina Erdo‘g‘an hali tuzalmaganini bildirdi.

“O‘ylaymanki, u dushanba (14 fevral) kunigacha tuzalib ketadi, chunki biz BAAga tashrif bilan borishimiz kerak, u meni yolg‘iz qoldirmaydi”, deydi Turkiya rahbari.  


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar