"Chanoqqala 1915" ko‘prigi qurib bitkazildi va ochilishga tayyor

Dardanell bo‘g‘ozi orqali Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan ko'prikning umumiy uzunligi 4608 metrni tashkil qiladi.

1776387
"Chanoqqala 1915" ko‘prigi qurib bitkazildi va ochilishga tayyor

 

Dardanell bo‘g‘ozi orqali Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan "Chanoqqala 1915" ko‘prigi qurib bitkazildi va ochilishga tayyor.

Bu haqda Limak Holding direktorlar kengashi raisi Ebru O‘zdemir ma'lum qildi.

Ko‘prik avvalroq qurib bitkazilishi mumkin edi, ammo koronavirus pandemiyasi natijasida xomashyo yetkazib berish bilan bog‘liq uzilishlar tufayli qurilish ishlari kechikdi.

"Umumiy qiymati 3,1 milliard yevro deb baholangan loyiha COVİD-19 ta’siri va xomashyo narxlarining o‘sishi sababli 300 million yevroga qimmatlashdi", — dedi O‘zdemir.

Ko‘prikning ochilish sanasi hozircha noma’lum. Uning umumiy uzunligi 4608 metrni tashkil qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Chanoqqala 1915 ko'prigi

Aloqador xabarlar