Turkiyadan yo‘lga chiqqan “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi

Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston muvaqqat Tolibon hukumati Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Amirhon Muttakiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

1775970
Turkiyadan yo‘lga chiqqan “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston muvaqqat Tolibon hukumati Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Amirhon Muttakiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan maʼlumotlarga koʻra, vazir oʻrinbosari Muttakiy yangi turdagi koronavirus (Covid-19) test natijasi ijobiy chiqqan Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻonga shifo tilab, Hirotga yetib borgan ilk “Yaxshilik poyezdi” uchun minnatdorchilik bildirgan.

Uchrashuvda Chavusho‘g‘lu, Afg‘onistonga yana yordam poyezdi jo‘natilishi ko‘zda tutilganini bildirdi.

Chavusho‘g‘li Muttakiyga, Afg‘onistonda ko‘pchilik ishtirokida hukumat tuzilishining mamlakat barqarorligi va tinchligi uchun muhim ekanini ta’kidlab ayniqsa, Afg‘onistonda ba’zi faol ayollarning bedarak yo‘qolgani haqidagi xabarlardan tashvishda ekanliklarini yetkazdi.

Xotin-qizlar ta’limining ham muhim ekaniga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu, Afg‘onistonda bu borada tashlangan ijobiy qadamlarni kuzatib borayotganliklarini bildirdi.

Uchrashuvda, Afg‘onistondagi Maorif maktablarini qayta faollashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

Chavusho‘g‘lu bilan Muttakiy Kobuldagi ham doxil Afg‘onistondagi aeroportlarning Turkiya-Qatar hamkorligida ishlatilishi borasidagi muzokaralar ustidan so‘nggi vaziyatni ham qo‘lga oldi.



Aloqador xabarlar