Turkiyada mahalliy vaksina Turkovac bilan emlash boshlandi

"TURKOVAC yetib bormagan viloyat qolmadi. Koronavirusga qarshi emlanmagan hech kim qolmasin. 81 viloyatdagi, ayniqsa, shahar shifoxonalari, ilmiy  tadqiqot shifoxonalarida mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi",-dedi Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri.

1775134
Turkiyada mahalliy vaksina Turkovac bilan emlash boshlandi

 

Turkiyada ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi mahalliy vaksina Turkovac butun mamlakat bo'ylab tatbiq etila boshlandi.

Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja o'zining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi.

Vazirning ta'kidlashicha, mahalliy Turkovac vaktsinasi hozirda 81 viloyatda, ayniqsa shahar shifoxonalarida va mamlakat bo'ylab ilmiy tadqiqot shifoxonalarida tatbiq etila boshladi.

"TURKOVAC yetib bormagan viloyat qolmadi. Koronavirusga qarshi emlanmagan hech kim qolmasin. 81 viloyatdagi, ayniqsa, shahar shifoxonalari, ilmiy  tadqiqot shifoxonalarida mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi",-deb yozgan Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Twitter'dagi sahifasida.

Eslatish joizki, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi o'tgan yilning dekabr oyida mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina Turkovac’ni favqulodda qo‘llashga ruxsat bergandi. Ruxsatnoma Turkiyaning dori vositalari va tibbiy uskunalar bo‘yicha agentligi tomonidan berilgan. Inaktivatsiyalangan vaksinaning ommaviy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada Turkiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan dunyodagi 9-davlatga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TURKOVAC

Aloqador xabarlar