Koronavirusga chalingan Erdo‘g‘anning ahvoli haqida ma’lumot berildi

“Bugun tongda shifokorimiz tekshiruvlarni o‘tkazdi. Shukrlar bo'lsinki, salbiy holat yo‘q. Kasallik yengil o‘tmoqda. Emina xonim bilan ishimizni uydan davom ettiryapmiz”, -deydi Turkiya prezidenti.

1774428
Koronavirusga chalingan Erdo‘g‘anning ahvoli haqida ma’lumot berildi

 

5-fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘anda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Ayni vaqtda Prezident va uning turmush o'rtog'ida kasallik yengil kechmoqda.

Bu haqda Erdo'g'an 6-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi. 

“Bugun tongda shifokorimiz tekshiruvlarni o‘tkazdi. Shukrlar bo'lsinki, salbiy holat yo‘q. Kasallik yengil o‘tmoqda. Emina xonim bilan ishimizni uydan davom ettiryapmiz”, -deydi Turkiya prezidenti. 

Eslatish joizki, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va rafiqasi Emina Erdo‘g‘an 3-4 fevral kunlari Ukraina Respublikasiga tashrifni amalga oshirgan edi. Prezident Turkiyaga qaytgach, unda koronavirus aniqlangan. 

Ma’lumot uchun, 67 yoshli Erdo‘g‘an o‘tgan yilning 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi emlangan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar