Turkiya prezidenti va turmush o'rtog'i koronavirusga chalindi

"Bugun dastlabki simptomlardan so‘ng rafiqam bilan COVID-19’ga test topshirdik. Test musbat chiqdi. Bu omikron ekanligi aniqlandi, — deb yozdi Turkiya prezidenti o'zining Twitter'dagi sahifasida.

1774051
Turkiya prezidenti va turmush o'rtog'i koronavirusga chalindi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Emina Erdo'g'an koronavirusning omikron shtammini yuqtirib oldi.

Bu haqda Turkiya prezidenti o'zining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilgan.

"Bugun dastlabki simptomlardan so‘ng rafiqam bilan COVID-19’ga test topshirdik. Test musbat chiqdi. Bu omikron ekanligi aniqlandi, — deb yozdi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i bilan birga koronavirusning yangi variantini yengil o‘tkazishmoqda va shifoxonaga yotish talab qilinmaydi.

"Biz xizmatni davom ettiramiz. Duolaringizni kutamiz", — deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar