TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Bahraynga tashrif buyurdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Manamada Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid az-Zeyyani bilan uchrashdi.

1770592
TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Bahraynga tashrif buyurdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 30-yanvar kuni Bahraynga tashrif buyurdi.

Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Mavlud Chavusho’g’li tashrif chog'ida poytaxt Manamada Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid az-Zeyyani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, delegatsiyalar ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy aloqalarni yaxshilash masalasi ko'rib chiqildi, shuningdek shu yilning mart oyida ikki davlat o’rtasida Qo'shma iqtisodiy komissiya yig’ilishini o'tkazish rejalashtirildi.

Ma'lumotga ko'ra, Mavlud Chavusho’g’li bugun Bahrayn qiroli Hamad bin Iso Al Xalifa tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, valiahd shahzoda va bosh vazir Salmon bin Hamad bin Iso Al Halifa bilan uchrashishi rejalangan.


Tanlangan kalimalar: #Bahrayn , #Turkiya

Aloqador xabarlar