Turkiya Bahrayn bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatida

“Ishonchim komilki, hozir turk-bahrayn munosabatini rivojlantirishning ayni vaqti”,-deb aytgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Manamaga parvozi oldidan.

1770777
Turkiya Bahrayn bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatida

 

Turkiya Bahrayn bilan aloqani qat’iy tarzda mustahkamlash niyatida.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Manamaga parvozi oldidan jurnalistlarga intervyu berdi.

Vazirning “Ishonchim komilki, hozir turk-bahrayn munosabatini rivojlantirishning ayni vaqti”, degan so‘zlarini “Anadolu Ajansı” iqtibos o‘rnida keltirgan.

“Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 50 yilligi bunga asos bo‘ladi. Ayni qadam ikki tomonning ham manfaatiga mos”,-deb ta’kidladi Mavlud Chavusho‘g‘li.

Qayd etilishicha, tomonlar o‘zaro sheriklik rivoji uchun 40 dan ortiq kelishuv va memorandum imzolagan.

29 yanvarda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya xalqaro miqyosda o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotganini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Bahrayn , #Turkiya

Aloqador xabarlar