TQKning terrorga qarshi kurashi qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1765076
TQKning terrorga qarshi kurashi qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda

Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” hududiga ig‘vogar tusda o‘q uzgan va sizib kirishga uringan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Tinchlik bulog‘i hududidagi tinch va xavfsiz muhitni buzmoqchi bo‘lgan terroristlarga qarshi kurashishni davom etyapmiz. Mintaqaga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzib, sizib kirishga uringan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.  

Bundan tashqari ko‘ndirish harakatlari natijasida, PKK terror tashkilotidan qochgan yana bir kishi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, yuqorida qayd etilgan tashkilot aʼzosining 2019-yili PKK tarkibiga kirgani va Suriyada faoliyat olib borgani aniqlangan.

Bu yili koʻndirish yoʻli bilan xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlgan tashkilot aʼzolari soni 4 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar