Turkiya Qozogʻiston bilan birdamlik ichida ekanini ta'kidladi

Prezident Erdoʻgʻan Qasim-Jomart Toqayev, Ilhom Aliyev, Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev bilan Qozogʻistondagi oxirgi vaziyatlar boʻyicha fikr almashdi.

1758530
Turkiya Qozogʻiston bilan birdamlik ichida ekanini ta'kidladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turk Davlatlari Tashkilotining davriy rahbari sifatida Qozogʻistondagi vaziyatlar ustidan tashkilotga a’zo davlatlarning rahbarlari bilan alohida-alohida telefon orqali muloqat qildi. Bu haqida Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra Prezident Erdoʻgʻan Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali Qozogʻistondagi oxirgi vaziyatlar boʻyicha fikr almashdi.

Erdoʻgʻan Qozogʻiston Prezidenti Toqayev bilan boʻlgan muloqatda doʻst va qardosh Qozogʻistonda yuz berayotgan voqealarni yaqindan kuzatayotganini belgilab oʻtgan holda, shu jarayonda hayotdan koʻz yumganlarga Ollohdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi.

Turkiyaning Qozogʻiston bilan birdamlik ichida ekanini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Turk Davlatlari Tashkilotining ham bayonot orqali Qozogʻistonni qoʻllab-quvvatlashini qayd etganini ta’kidladi.

Qozogʻistonda eng qisqa vaqtda yangi hukumatning tashkil etilishi va taranglikning toʻxtashidan umidvorligini tilga olgan Erdoʻgʻan, Qozogʻiston xalqining oʻzaro ishonch va muloqot doirasida muammolarni yengib oʻtishiga ishonchi komil ekanini yetkazdi.

Erdo‘g‘an, ehtiyoj tugʻulgudek boʻlsa Turkiyaning har qanday texnik ma’lumot va tajriba almashishga tayyor ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev bilan boʻlgan uchrashuvida Qozog‘iston barqarorligi va xavfsizligining qoʻshnilari bosh boʻlish bilan birga butun mintaqa uchun muhim ekanini ta’kidlab, qardosh Qozog‘istonning ushbu muammoni muloqat yoʻli orqali hal qilishidan amin ekanini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar