TURKOVAC vaksinasini mamlakatning turli mintaqalariga tarqatish ishlari boshladi

Covid-19 pandemiyasiga qarshi TURKOVAC vaksinasini mamlakatning turli mintaqalariga tarqatish ishlari boshladi.

1752060
TURKOVAC vaksinasini mamlakatning turli mintaqalariga tarqatish ishlari boshladi

Covid-19 pandemiyasiga qarshi mahalliy TURKOVAC vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berilar ekan hamon uni yetkazib berish ishlariga oʻtildi.

Tunov kuni Sogʻlikni Saqlash vaziri Faxrettin Koʻjaning ham ishtirokida Turkiyaning Shanliurfa viloyatida joylashgan Uyushgan sanoat zonasidagi TURKOVAC zavodida, vaksinalarni ishlab chiqarishga start berildi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan onlayn tarzda ishtirok etgan ushbu dasturda vaksinalarni, Turkiyaning turli mintaqalariga yuborish ishlari ham kechikmadi.

Ishlab chiqarilgan ilk 150 doza vaksinani yetkazib berish uchun zavodda marosim uyushtirildi.

Paletlarda maxsus dizayn qilingan yuk tashuvchi mashinalarga tashilgan vaksinalarning, poytaxt Anqaradagi Xalq Sogʻligini saqlash markazlariga oid omborxonalarga olib borilishi qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TURKOVAC , #Covid-19

Aloqador xabarlar