Anqara “Yashil taraqqiyot” dasturining lokomotiv shahri boʻladi

Prezident Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada joylashgan “Ataturk” nomidagi madaniyat markazining “Xalq bogʻi” ochilish marosimida nutq soʻzladi.

1726324
Anqara “Yashil taraqqiyot” dasturining lokomotiv shahri boʻladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an:

“Umid qilamizki, Anqara 2053-yilga moʻljallagan rejalarimizning birinchi va eng ulugʻvor maqsadi sifatida belgilab olingan ‘Yashil taraqqiyot’ dasturining lokomotiv shahri boʻladi”. dedi.

Prezident Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada joylashgan “Ataturk” nomidagi madaniyat markazining “Xalq bogʻi” ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, Istanbuldagi Ataturk aeroportida Respublikaning 100-yilligiga munosib tarzda milliy bogʻ barpo etilishini, tenderning shu yil oxirigacha davom etishini bildirdi.

Erdoʻgʻan, Jahon banki va rivojlangan davlatlar orqali Turkiyaga qozondirgan 3 milliard 157 million dollarlik manbani yashil iqlimga doʻst loyihalar uchun ishlatishlarini ifoda etdi.

Rajap Tayyip Erdoʻgʻan:

“2023-yil sinovidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tganimizda, Turkiyani to‘xtata oladigan hech qanday foniy kuch, hech qanday to‘siqni tan olmaymiz”.-deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdoʻgʻan , #Xalq bogʻi

Aloqador xabarlar