TRT World Forum 2021-da iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish masalalari qoʻlga olindi

TRT World Forum kecha, 19-okrabr kuni onlayn tarzda o‘z ishini boshladi.

1722363
TRT World Forum 2021-da iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish masalalari qoʻlga olindi

Angliya Tashqi ishlar vazirligining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha maxsus vakili Bridj Turkiyaning Parij shartnomasini tasdiqlashining ahamiyatini ta’kidlab:

“Turkiya muhim iqtisodiyotdir. Uglerod emissiyasini pasaytirish yoki uni nol darajaga tushira olish jihatidan ham alohida oʻringa egadir”.-dedi.

Kuch va paradoks: XXI asrda buyuk strategiyani anglamoq” degan nom ostida uyushtirilgan bu yilgi TRT World Forumi doirasida “Strategik tahdid sifatida iqlim va global salomatlik inqirozi” deb nomlangan majlis uyushtirildi.

TRT World boshlovchisi Reychel Rubl moderatorlik qilgan majlisda Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha maxsus vakili Nik Bridj bilan birga Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq strategik siyosat boʻyicha maslahatchisi va ekolog yozuvchi Aleksandr Verbeek, Prinston universitetidagi xalqaro munosabatlar boʻlimi nomidan faxriy professor Robert O. Keoxan, Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Jamoat salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi direktori Mariya Neyra, Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari direktori Jon N. Nkengasong va Viskonsin-Madison universiteti Global salomatlik instituti rahbari Jonatan Patz ishtirok etdi.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha maxsus vakili Bridj, noyabr oyida Shotlandiyaning Glazgo shahrida boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha navbatdagi konferentsiyasida (COP26) yigʻiladigan hukumatlarning, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha Parij shartnomasi doirasida olgan javobgarchiliklarini oshirishlarini, ayniqsa eng zaif davlatlarga beriladigan yordamlar qoʻlga olinishini qayd etdi.

Turkiyaning Parij Iqlim shartnomasini tasdiqlashiga ham toʻxtalgan Bridj:

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan tomonidan amalga oshirilgan Parij Iqlim shartnomasini tasdiqlash haqidagi e’loni e'tiborli qadamdir. Boshqacha qilib aytganda, 2053-yilgacha uglerod emissiyasini nol darajaga tushira olish haqidagi javobgarchiligi katta ahamiyat kasb etadi. Turkiya judayam muhim iqtisodiyotdir. Uglerod emissiyasini pasaytirish yoki uni nol darajaga tushira olish jihatidan ham oʻzgacha oʻringa egadir. Bugungi kunda Yevropa davlatlarining yashil strategiyalari bor oʻrtada. Turkiya iqtisodiyotining ham bu oʻtish davrini qoʻllab-quvvatlaganini koʻrish ajoyib”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar