Prezident Erdoʻgʻan: "Qoʻlga kiritilgan oʻsish sifati, alohida oʻringa ega".

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh assambleyasida nutq soʻzladi.

1713425
Prezident Erdoʻgʻan: "Qoʻlga kiritilgan oʻsish sifati, alohida oʻringa ega".

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan:

“Biz qoʻlga kiritadigan oʻsishning sifati, barqarorligi, daromadlarning adolatli taqsimlanishini yoʻlga qoʻyish va yoshlarimiz uchun yangi ish imkonlari yaratish biz uchun alohida oʻringa ega”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh assambleyasida nutq soʻzladi.

Oʻz nutqida yangi konstitutsiya, terrorizm, iqtisodiyot, tashqi siyosat, mintaqaviy va xalqaro mavzularga toʻxtalgan Erdoʻgʻan:

“Yurtimizning sogʻliqni saqlash infratuzilmasi va inson resurslariga kiritgan investitsiyalarimiz mevasini, shunday bir davrda har jihatdan foydalanishdan xursand boʻldik”.-deya gapirdi.

Prezident,

“Biz qoʻlga kiritadigan oʻsishning sifati, barqarorligi, daromadlarning adolatli taqsimlanishini yoʻlga qoʻyish va yoshlarimiz uchun yangi ish imkonlari yaratish biz uchun alohida oʻringa ega”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Global muammolardan iqlim oʻzgarishlariga ham toʻxtalgan Prezident Erdoʻgʻan:

“Parij iqlim kelishuvini parlament ixtiyoriga taqdim etish haqidagi qarorimiz, biz boshlatgan yashil rivojlanish inqilobining ham birinchi xushxabardir”.-dedi.

Erdoʻgʻan Suriya masalasida esa, xalqaro hamjamiyatning qochqinlar oqimini boshqarishda qanchalik ojiz ekani yaqqol namoyon boʻlganini belgilab oʻtgan holda:

“Turkiya yakka oʻzi 4 million mazlumga quchoq ochar ekan chegarasiga tayangan bir necha ming nafar muhojir oldida vahimaga tushgan va odamgarchilikdan uzoq muomalada boʻlganlar kuzatildi. Bu gʻayriinsoniy munosabat egalari shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining muhojirlar huquqi borasidagi qarorlariga ham amal qilmadi. Oʻrta yer dengizining qorongʻu suvlarida har yili necha ming kishining safar chogʻida halok boʻlganini hisoblash imkonsiz holga aylandi. Holbuki, faqatgina mana shu xusularning oʻzi ham vijdoni, ahloqi, insonlarga hurmati boʻlgan xalqlarni e’tiroz bildirishi uchun yetarli sabab edi”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar