Iroqning shimolida 2 terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1710091
Iroqning shimolida 2 terrorist yoʻq qilindi

Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist havo amaliyoti orqali yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda:

“Iroqning shimolidagi Metinada uyushtirilgan havo amaliyotida PKK terror tashkilotiga a’zo yana 2 terroristning yoʻq qilingani aniqlandi. Bu orqali mintaqaga qarshi uyushtirilgan havo amaliyotlarida jami 4 terrorist yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Vazirlik mintaqada kecha ham 2 terroristning yoʻq qilinganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Metina , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar