Afgʻoniston masalasida Turkiya bilan AQShning yaqin aloqasi davom etadi

Ibrahim Kalin, Oq uyda Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashdi.

1709631
Afgʻoniston masalasida Turkiya bilan AQShning yaqin aloqasi davom etadi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Oq uyda Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotiga koʻra ushbu uchrashuvda oʻzaro munosabatlar, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) va global iqlim oʻzgarishi shuningdek Afgʻoniston, Suriya, Iroq, Liviya, Kipr, Sharqiy Oʻrta yer dengizi va boshqa mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Turkiya-AQSh munosabatlarining strategik ahamiyati ta’kidlangan yigʻilishda, iqtisodiy hamkorlikni orttirish uchun tashlanishi kerak boʻlgan qadamlar boʻyicha fikr almashildi.

Ikki mamlakat savdo hajmining koʻzlagangan 100 milliard dollarga yetishi uchun zarur mexanizmlarni faollashtirish va oʻzaro yuqori darajadagi tashriflarni koʻpaytirishga e’tibor qaratildi.

Afgʻonistonda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yangi insoniy inqirozlarning oldini olish va gumanitar yordamlarning mamlakatga tezroq yetib borishini ta’minlash uchun xalqaro hamkorlikning muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Turkiya va AQShning Afgʻoniston boʻyicha yaqin aloqasining davom etishi ifoda etildi.

NATO ittifoqchilari oʻrtasidagi birdamlikning ahamiyati ta’kidlangan uchrashuvda, ittifoqchilar oʻrtasidagi muammolarning muloqot va muzokara yoʻli bilan hal qilinishi kerakligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda shuningdek, Qorabogʻ gʻalabasidan keyingi Kavkazdagi soʻnggi vaziyat baholandi. Mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun koʻp qirrali sa'y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar