Erdo’g’an Nyu-Yorkda Albaniya bosh vaziri Edi Ramani qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi o’z ishini davom ettirayotgan Nyu-Yorkda bir qator davlatlarning rahbarlari bilan uchrashdi.

1709411

Erdo’g’an Nyu-Yorkda ochilgan Turk uyida Albaniya bosh vaziri Edi Ramani qabul qildi. Matbuotga yopiq shaklda bo’lib o’tgan uchrashuv taxminan bir yarim soat davom etdi.

Erdo’g’an shuningdek, Iroq prezidenti Barhom Solih, Xorvatiyaning sobiq prezidenti Kolinda Grabar Kitarovich, Bolgariyaning sobiq prezidenti Peter Stoyonov, Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashining sobiq a’zosi Mladen İvanich va Burundi prezidenti Evariste Ndayishimiye bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek dolzarb masalalar haqida fikr almashildi.

Erdo’g’an davlat rahbarlariga o’zining “Dunyo adolatliroq bo‘lishi mumkin” nomli kitobini sovg’a qildi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Nyu-York , #Edi Rama , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar