Izmirda 63 nafar muhojir qutqarildi 38 nafari esa qo‘lga tushdi

Izmirning Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada 63 nafar muhojir qutqarildi, 38 nafari esa qo‘lga tushdi.

1706056
Izmirda 63 nafar muhojir qutqarildi 38 nafari esa qo‘lga tushdi

Izmirning Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan 63 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi. Yelkanli qayiq orqali noqonuniy yo‘llar bilan chet elga chiqishga uringan 38 nafar muhojir esa qo‘lga tushdi.

Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan noqonuniy muhojirlar borligi haqidagi ma’lumotga muvofiq mintaqaga, Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari yuborildi.  

Natijada Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan 63 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi.

Undan tashqari tuman qirg‘og‘idan uzoq nuqtada yelkanli qayiq bilan noqonuniy yo‘llar orqali chet elga chiqishga uringan 38 nafar muhojir qo‘lga tushdi.

Chet ellik muhojirlarning hammasi, kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya idorasiga topshirildi.



Aloqador xabarlar