Erdoʻgʻan yurttoshlarining hammasini Covid-19ga qarshi emlanishga chaqirdi
Prezident Erdoʻgʻan yurttoshlarining hammasini yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi emlanishga chaqirdi.
1705378
Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi qoʻllanilgan vaksina dozasi sonining 100 millionga yetganini bildirdi.
Erdoʻgʻan Twitter hisobi orqali bergan bayonotida:
“Xudoga shukur, bugun 100 million dozalik vaksina soniga yetdik. Mahalliy vaksinamiz TURKOVACdan ham keng foydalanish orqali nasib qilsa yurtimizni bu musibatdan qutqaramiz. Yurttoshlarimizning hammasini emlanib, Covid-19ga qarshi kurashimiz kuchiga-kuch qoʻshishga chaqiraman”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.