Qatar amiri Al Sani turk futbolchi Mesut O’zilni qabul qildi

Qatar amiri Shayh Tamim bin Hamad Al Sani mamlakatda bo’lib turgan Turkiyaning Fenerbahche jamoasi vakili turk futbolchi Mesut O’zilni qabul qildi.

1701473

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Qatar amiri turk futbolchi Mesut O’zilni Amirlik devonida qabul qildi.

Mesut O’zil Qatarga tashrifi chog’ida mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan bir qator sport muassasalaridagi sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, poytaxt Dohadagi Aspetar sport shifoxonasida bo’ldi.

Turk futbolchi jurnalistlarga bergan intervyusida “Jahon kubogi-2020” musobaqalarining Qatarda o’tkazilishidan mamnunligini bildirdi.

Tanlangan kalimalar: #Mesut O'zil , #Qatar

Aloqador xabarlar