Oʻmer Chelik: “Turkiya yana bironta ham muhojir ololmaydi”.

Adolat va taraqqiyot partiyasi Markaziy qaror va ijroiya kengashi Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida yigʻilish oʻtkazdi.

1696355
Oʻmer Chelik: “Turkiya yana bironta ham muhojir ololmaydi”.

Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) Matbuot xizmati kotibi Oʻmer Chelik, Turkiyaning muhojirlar lageri emasligini ta’kidlagan holda:

“Bu yer hamma bemalol kirib-chiqadigan yer emas. Turkiya Respublikasi davlati, oʻz chegarasiga hokimdir”. – dedi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi Markaziy qaror va ijroiya kengashi Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida yigʻilish oʻtkazdi. Unda, Afgʻonistondagi oxirgi vaziyat ham qoʻlga olindi.

Yigʻilish ortidan partiyaning matbuot xizmati kotibi Oʻmer Chelik bayonot berdi.

Bayonoti chogʻida afgʻonistonlik muhojirlar masalasiga toʻxtalgan Chelik:

“Turkiya yana bironta ham muhojir ololmaydi. Turkiya muhojirlar lageri emas. Turkiyadan soʻramay berilgan bayonotlarning, biz uchun hech qanday ma’nosi yoʻqdir”. – dedi.

Afgʻonistondagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganliklarini bildirgan Chelik:

“Hozirda dunyo kun tartibida Tolibon mamlakatning amaldagi yagona hukmdoriga aylandi. Prezidentimiz koʻp qirrali diplomatiya olib bormoqda. Undagi eng asosiy gap, Afgʻonistonda keng koʻlamli modelning tuzilishidir. Inson huquqlari, ayollar haqqiga amal qilish kabi masalalarni yaqindan kuzatayotganimizni yana bir bor ifoda etmoqchiman. Afgʻoniston xalqi yolgʻiz qoʻyilmasligi kerak. Agar Afgʻoniston yana oʻz holiga tashlab qoʻyilsa unda bugun ketganlar yana 5 yil ortidan qaytishga majbur boʻladi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar