Erdo’g’an Tunis prezidenti Kays Said bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya va Tunis o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, shuningdek Tunisda ro’y berayotgan hodisalar muhokama qilindi.

1684402
Erdo’g’an Tunis prezidenti Kays Said bilan telefon orqali muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Tunis prezidenti Kays Said bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Turkiya va Tunis o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, shuningdek Tunisda ro’y berayotgan hodisalar muhokama qilindi.

Suhbatda Turkiya-Tunis kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, mintaqaviy dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.

Erdo’g’an suhbat davomida Tunisda tinchlik, barqarorlik va ichki farovonlik mintaqa jihatidan o’ta muhim ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatda demokratiya o’rnatish, xalq erkinligini kafolat ostiga olish va huquqning ustunligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Eslatish joizki, o’tgan hafta Tunis prezidenti Kays Said parlament faoliyatini 30 kunga to‘xtatib qo‘ygandi. U shuningdek, deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qilib, Bosh vazir Hisham Mashishini iste'foga chiqargandi. Prezident ayni vaqtda barcha deputatlar va bir qator amaldorlarga xorijga safarlar amalga oshirishni taqiqlab qo‘ygandi.

Kays Saidning parlament faoliyatini to‘xtatish qaroridan keyin Tunis poytaxtiga hukumat armiyasi bo‘linmalari kiritilgan. Ular shahar markazi, jumladan, parlament binosi va milliy telekompaniya bosh qarorgohi joylashgan hududni egallagandi.


Tanlangan kalimalar: #Kays Said , #Tunis , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar