Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatining Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan 26 nafar muhojir qutqarildi.

1668598
Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Izmirning Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgan noqonuniy 26 nafar muhojir qutqarildi.

Cheshme qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi 2 ta puflangan qayiqda bir guruh noqonuniy muhojir borligi haqidagi ma’lumot ortidan mintaqaga, Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligiga oid qayiq yuborildi.

Gretsiya Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan 26 nafar muhojir qutqarildi.

Nomi tilga olingan muhojirlar kerakli protseduralar ortidan viloyatdagi migratsiya boshqarmasiga yuborildi.

 



Aloqador xabarlar