Turkiya va Gruziya yetakchilari matbuot anjumani o'tkazdi

“Savdo bo’yicha hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratuvchi bojxona kelishuvini muhokama qilyabmiz. Ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga chiqarishni maqsad qilib turibmiz”,-dedi Turkiya prezidenti Erdo’g’an anjumanda.

1649994
Turkiya va Gruziya yetakchilari matbuot anjumani o'tkazdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili o’zaro uchrashuvdan so’ng, matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Erdo’g’an Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashviliga mezbonlik qilib turganidan bahtiyorligini tilga oldi.

“Janob bosh vazir Turkiyani yaqindan bilgan yetakchidir. Bu yil Anqarada mamlakatimizda birinchilardan bo’lib tashkil etilgan diplomatik vakolatxona bo’lmish Gruziya elchixonasining 100 yilligini, ayni vaqtda Gruziya mustaqilligining esa 30 yilligini nishonlaymiz”,-dedi Turkiya prezidenti anjumanda so’zlagan nutqida.

Turkiya oxirgi 14 yilda savdo bo’yicha Gruziyaning eng yirik hamkoriga aylanganligini ta’kidlagan Erdo’g’an:

“Savdo bo’yicha hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratuvchi bojxona kelishuvini muhokama qilyabmiz. Ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga chiqarishni maqsad qilib turibmiz”,-dedi.

Gruziya bilan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarga e’tibor qaratgan Erdo’g’an: “Janubiy tabiiy gaz koridorini tashkil qildik. Turkiya Gruziyani mintaqaviy hamkorlikning garovi deb biladi”,-dedi.

Bundan tashqari Erdo’g’an Garibashvili bilan Fathulloh Gulen harakatiga (FETO) qarshi kurash bo’yicha hamkorlik masalasini muhokama qilganligini ta’kidlab, Turkiya Gruziyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashini alohida qayd etdi.

Erdo’g’an shuningdek, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya hamkorligiga ham to’xtalib o’tdi.

“Turkiya “Ozarbayjon-Gruziya-Armaniston” hamkorligi, yoki “Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya” hamkorligini yo’lga qo’yishga va unga hissa qo’shishga tayyor”,-deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili anjumanda so’zlagan nutqida, avvalo samimiy qabul uchun Turkiya prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

“Turkiya Gruziyani barcha formatda va xalqaro maydonda to’liq qo’llab-quvvatladi. Yordamingizni ayamaganingiz uchun, qolaversa Gruziyaning NATOga a’zo bo’lishini qo’llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”,-deb so’z boshladi Gruziya bosh vaziri.

Gruziya, Turkiya va Ozarbayjonning taqdiri bir ekanligiga diqqat qaratgan Garibashvili, ushbu mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro do’stlik va hamkorlik taqdirga loyiq ekanligini ta’kidladi.

“Mushtarak g’ayratimiz bilan o’zaro, uch tomonlama yoki ko’p tomonlama formatlarda hamkorlik qilishimiz uchun katta salohiyatga ega ekanimizni aytmoqchiman”,-dedi Gruziya bosh vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Irakli Garibashvili , #Gruziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar