Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1649949
Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili Turkiyaga tashrif buyurdi
Irakli Garibashvili-Erdogan1.jpg
Irakli Garibashvili-Erdogan.jpg

 

Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvili Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan kecha, 1 iyun kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

Erdo’g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Muzokaralar kun tartibidan Turkiya va Gruziya oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Erdo’g’an avvalo Gruziya bosh vaziri bilan o’zaro uchrashuv amalga oshirdi, ortidan hay’atlararo muzokaralar bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Turkiya va Gruziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, savdo, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va sog‘liqni saqlash sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlar hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari davom ettiriladi.

Davlat rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlikda erishilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar