Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Izmir viloyatining Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan 74 nafar muhojir qutqarildi.

1649330
Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Izmirning Cheshme tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgan noqonuniy 74 nafar muhojir qutqarildi.

Cheshme qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi puflangan qayiqda bir guruh noqonuniy muhojir borligi haqidagi ma’lumot ortidan mintaqaga, Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligiga oid qayiq yuborildi.

Gretsiya Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan 42 nafar muhojir qutqarildi.

Shuningdek,  tuman qirg‘og‘idan uzoq nuqtada ayni unsurlar tomonidan yo‘ldan qaytarilgan qayiqdagi 32 nafar muhojir ham Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari tomonidan quriqlikka olib chiqildi.

Nomi tilga olingan muhojirlar kerakli protseduralar ortidan viloyatdagi migratsiya boshqarmasiga yuborildi.

 

 



Aloqador xabarlar