Anitkabir yodgorlik majmuasida bayram tadbirlari bo’lib o’tmoqda

Turkiya yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’li Otaturk mavzoleyini ziyorat qilib, Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo'ydi. Hurmat ma'nosida sukut saqlandi. Davlat madhiyasi kuylandi.

1641836
Anitkabir yodgorlik majmuasida bayram tadbirlari bo’lib o’tmoqda

 

Bugun 19 may – Turkiya Respublikasiga asos solgan ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami!

Bu yilgi bayram tadbirlari koronavirus pandemiyasi sharoitida o’tkazilmoqda.

Birinchi tadbir poytaxt Anqarada Anitkabir yodgorlik majmuasida bo’lib o’tdi.

Tadbir doirasida Turkiya yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’li hamrohligidagi delegatsiya Otaturk mavzoleyini ziyorat qildi. Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo'yildi. Hurmat ma'nosida sukut saqlandi. Davlat madhiyasi kuylandi. 

Turkiya yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’li Anitkabir xotira daftariga imzo chekdi.

Bugun bayram tadbirlari doirasida Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay va Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk videokonferensiya shaklida 81 viloyatdan qator talabalar va litsey o’quvchilari bilan uchrashadi.

Shuningdek, ushbu kun munosabati bilan Turkiyadagi qator siyosiy partiya yetakchilari ham Anitkabirni ziyorat qilib, Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’yadi.

Soat 19:19da butun mamlakat bo’ylab stadionlarda, shuningdek uylarning balkonlaridan turib Davlat madhiyasi ijro etiladi.

Mamlakatning qator hududlarida koronavirus pandemiyasi sharoitiga mos ravishda turli musobaqalar, konsertlar va solyut namoyishlari bo’lib o’tadi.

 

 



Aloqador xabarlar