Suleyman Soylu MRT bilan TQKni tabrikladi

Suleyman Soylu, “Sofi Nurettin” degan nom bilan kodlangan terroristning yo‘q qilingani munosabati bilan MRT va TQKni tabrikladi.

1641182
Suleyman Soylu MRT bilan TQKni tabrikladi

Ichki Ishlar vaziri Suleyman Soylu PKK terror tashkilotiga a’zo “Sofi Nurettin” degan nom bilan kodlangan terroristning yo‘q qilingani munosabati bilan Milliy Razvedka tashkiloti bilan Turk Qurolli kuchlarini tabrikladi.

Soylu PKKning Suriyadan mas’ul “Sofi Nurettin” degan nom bilan kodlangan terroristining yo‘q qilinishi ortidan Twitter hisobi orqali post qoldirdi.

Unda Turkiyaning qarorli turishi, Bosh qomondon Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning irodasi bilan Sofi Nurettinning yo‘q qilinganini ta’kidlagan holda,

“Bu holat boshini g‘ordan chiqarolmagan boshqa to‘daboshilarga yuqsin. Tabriklayman MRT va TQK”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suleyman Soylu , #TQK , #MRT , #PKK , #Sofi Nurettin

Aloqador xabarlar