NATO mashqlarida ishtirok etadigan turk askarlari Ruminiyaga qarab yo‘l oldi

NATOning «Steadfast Defender 2021» mashqlarida ishtirok etadigan turk askarlari Ruminiyaga qarab yo‘l oldi.

1637211
NATO mashqlarida ishtirok etadigan turk askarlari Ruminiyaga qarab yo‘l oldi

NATOning «Steadfast Defender 2021» mashqlarida ishtirok etadigan harbiy personal va harbiy transportlar Ruminiyaga qarab yo‘l oldi.

NATO, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Tinchlik yo‘lida sheriklik dasturiga a’zo davlatlar o‘rtasida muhorabaga tayyor bo‘lish va birgalikda faoliyat olib bora olish maqsadida rejalashtirilgan va NATO tarkibidagi 15 davlat ishtirok etadigan «Steadfast Defender 2021» mashqi va bu mashq bilan aloqali dunyoning 26 davlatidan 30 mingdan ortiq personal ishtirok etadigan «Defender Europe 2021» mashqida xizmat qiladigan turk askarlari Tekirdag‘dan yo‘lga chiqdi.

Mashqda ishtirok etadigan 1356 personal, 214 harbiy transport, 39 tirkama va 128 konteyner, quriqlik yoki havo yo‘li orqali Ruminiyaga jo‘nab ketdi.

Ruminiyaga Bolgariya orqali boradigan turk askarlari Jinju shahridagi mashqlarda ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar