Erdo'g'an Masjid Al-Aqso va Al-Qudsga sodir etilgan hujumni qoraladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Isroil tomonidan Masjid Al-Aqso, Al-Quds va falastinliklarning uylariga sodir etilayotgan hujumlarni qoralab, barcha islom davlatlarini ushbu zo'ravonlikka chek qo'yishga chaqirdi.

1637015

"Avvalo, islom davlatlarini va butun dunyoni Isroil tomonidan Masjid Al-Aqso, Al-Quds va falastinliklarning uylariga sodir etilayotgan hujumlarga qarshi chora ko'rishga chaqiraman",-dedi Turkiya prezidenti twitterdagi sahifasida.

"Al-Quds butun dunyodir, u yerdagi musulmonlar esa, butun insoniyatdir. Muqaddas shahar Al-Qudsning sharafini, sha'nini saqlab qolish har bir musulmonning burchidir. Qolaversa, Masjid Al-Aqso va boshqa muqaddas qadamjolarga sodir etilayotgan hujum ayni vaqtda bizga nisbatan sodir etildi demakdir. Uch dinning qadriyatlarini o'zida mujassam qilgan Al-Qudsni oyoq osti qilgan, toptagan zolimlarga qarshilik ko'rsatish har bir insonning vazifasidir. Isroil davlatining zo'ravonligiga ko'z yumgan barcha davlatlar u yerda ro'y berayotgan zulmga sherik demakdir",-deya voqealarga munosabat bildiradi Turkiya prezidenti Erdo'g'an.

Tanlangan kalimalar: #Masjid Al-Aqso , #Isroil , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar