Turkiyada karantin choralari kuchaytirildi

Koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar 14 apreldan kuchga kiradi.

1620699
Turkiyada karantin choralari kuchaytirildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatda karantin choralari kuchaytirilishini e'lon qildi.

Prezidentning ta'kidlashicha, mamlakat bo'ylab soat 19:00 dan 05:00 gacha ko‘chaga chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, fuqarolarning zarur bo‘lmagan holatlarda, shaharlararo safarga chiqishi vaqtinchalik to'xtatiladi. 

Bundan tashqari, fitnes-klub va sport muassasalari faoliyati to‘xtatiladi, qahvaxona va restoranlar faqat taom yetkazib berish usulida xizmat qiladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Maktablarda universitet sinovlariga tayyorgarlik bosqichida bo'lgan 12-sinflardan tashqari, barcha sinflar uchun darslar online o'tkaziladi.

Koronavirus keng tarqalishini oldini olishga qaratilgan ushbu yangi choralar 14 apreldan kuchga kiradi.

Erdo'g'an kelgusi ikki hafta mobaynida mamlakat bo'ylab epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, yana ham kuchaytirilgan cheklovlar joriy etilishi haqida ogohlantirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #karantin , #Turkiya

Aloqador xabarlar