Ali Erbash: “Ehtiyoj tug‘ilsa ro‘zador bo‘lishingizga qaramay emlanishingiz mumkin”.

Turkiyada Ramazon oyida Tarovih namozini jome’ masjidlarida emas uylarda o‘qiladi. Shuningdek. ehtiyoj tug‘ilsa ro‘zadorlar ham emlanishi mumkin.

1615745
Ali Erbash: “Ehtiyoj tug‘ilsa ro‘zador bo‘lishingizga qaramay emlanishingiz mumkin”.

Din Ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbash, Ramazon oyida Tarovih namozini jome’ masjidlarida emas, uylarda o‘qishning maqul ekani haqida qaror qabul qilganliklarini ma’lum qildi.

Musulmon aholisi uchun alohida o‘ringa ega bo‘lgan uch oylardan sog‘lik - salomatlik va shukur oyi hisoblangan ramazonning ilk ro‘zasi uchun (Turkiyada) 12 - aprelni 13 - aprelga bog‘lagan kuni kechasi saharlikka turiladi va huddi shu kuni birinchi iftor qilinadi.

Ali Erbash poytaxt Anqarada asosiy mavzusi “Shifo oyi Ramazon” deb nomlangan 2021 - yilgi Ramazon oyi haqida ma’lumot berish yig‘ilishida ishtirok etdi.  

Unda Ramazon oyi haqida qabul qilingan qarorlarga to‘xtalgan Erbash,

“Muzokaralarimiz natijasida Tarovih namozini jome’ masjidlarida emasi, uylarimizda o‘qishning maqul ekani haqida qaror qabul qildik”. - dedi.

Erbash shuningdek,

“Ushbu jarayonda (Ramazon oyida) yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi vaziyatiga ko‘ra jome’ masjidlarimizda Tarovih namozini o‘qish imkoni tug‘ildsa unda bu bo‘yicha ham qaror qabul qilib, siz bilan bo‘lishamiz”. - deya gapirdi.

Ali Erbash o‘z so‘zida,

“Din ishlari bo‘yicha oliy kengashimiz ham ma’lum qilganidek, ehtiyoj tug‘ilsa ro‘zador bo‘lishingizga qaramay emlanishingiz mumkin va bu vaziyat ro‘zangizni buzmaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar