Turkiyaning suriyalik muhojirlarga quchoq ochishi masalasiga maqtov yog‘dirildi

“Suriya va mintaqa kelajagini qo‘llab - quvvatlash” deb nomlangan navbatdagi konferensiya yakunida chop etilgan qo‘shma bayonotda, Turkiyaning dunyoning eng ko‘p muhojirga quchoq ochgan davlat ekani yodga solindi.

1612153
Turkiyaning suriyalik muhojirlarga quchoq ochishi masalasiga maqtov yog‘dirildi

Birlashgan Millatlar (BM) va Yevropa ittifoqi (YI) hamkorligida uyushtirilgan suriyaliklarga yordam berish konferensiyasida Turkiyaning suriyalik muhojirlarga quchoq ochishi masalasiga maqtov yog‘dirildi.  

Videoanjuman tarzida uyushtirilgan, “Suriya va mintaqa kelajagini qo‘llab - quvvatlash” deb nomlangan navbatdagi konferensiya yakunida chop etilgan qo‘shma bayonotda, Turkiyaning dunyoning eng ko‘p muhojirga quchoq ochgan davlat ekani yodga solindi.

Turkiyaning muhojirlarning sog‘liq - salomatligi, ijtimoiy va munitsipalitet xizmatlari kabi imkonlar bilan ta’minlanishi shuningdek ularning, mehnat bozorida ishtirok etishiga imkoni bergani ifoda etilgan bayonotda,

“Turkiya muhojirlar xarajatining yirik qismini o‘z zimmasiga olmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda, Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining keng yoyilishining oldini olish uchun hormay - tolmay mehnat qilganini va bu jarayonda muhojirlarni ham chetda qo‘ymagani ta’kidlangan holda, “Konferensiya shuningdek, Turkiyaning muhojirlarning o‘zini - o‘zi boshqarishi va ijtimoiy integratsiyasini qo‘llab - quvvatlash uchun ko‘rsatgan harakatlari olqishga sazovordir”. - deyildi.

Qo‘shma bayonotda, Turkiyaning muhojirlar inqiroziga qarshi yuritgan keng ko‘lamli kurashi a’lo darajadagi dasturlar, olingan saboqlar va muhim tajribalarni aks ettirishni davom etgani qayd etildi.

BMT bilan YIning Suriya va mintaqa davlatlaridagi suriyaliklarga yordam berish maqsadida uyushtirgan konferensiyada xalqaro hamjamiyat, 6.4 milliard dollar yordam berishga va’da qilgandi.

 



Aloqador xabarlar